Ommaviy oferta
Oxirgi yangilanish: 08.10.2026
Ushbu hujjat "AI LOGISTICS ERA" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT ("AI LOGISTICS ERA" MCHJ) (STIR 313354651, manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Tovkentepa MFY, Shohtepa 1-tor ko'chasi, 14-uy) — keyingi o'rinlarda "Xizmat ko'rsatuvchi" — tomonidan 2021.uz sayti va "2021" mobil ilovasi (birgalikda "Platforma") orqali ko'rsatiladigan axborot xizmatidan foydalanish bo'yicha ommaviy taklif (oferta) hisoblanadi. Platformada ro'yxatdan o'tish yoki obuna uchun to'lov qilish ushbu shartlarni to'liq qabul qilish (aksept) deb hisoblanadi.
1. Xizmat mazmuni
- Platforma ochiq Telegram va WhatsApp yuk guruhlaridan avtomatik yig'ilgan yuk va transport e'lonlarini bitta joyda ko'rsatadi, takrorlarini birlashtiradi, yo'nalish va narx bo'yicha qidirish imkonini beradi.
- Xizmat ko'rsatuvchi e'lon muallifi emas: e'lon mazmuni, narxi va bajarilishi uchun uning muallifi javobgar. Platforma tomonlar o'rtasidagi bitimda ishtirok etmaydi va vositachilik haqi olmaydi.
- Xizmat raqamli, masofadan ko'rsatiladi; jismoniy yetkazib berish yo'q.
2. Ro'yxatdan o'tish va bepul sinov
- Foydalanuvchi haqiqiy telefon raqami bilan ro'yxatdan o'tadi va uni Telegram yoki WhatsApp orqali tasdiqlaydi.
- Yangi foydalanuvchiga 7 kunlik bepul sinov davri beriladi (Pro tarifi imkoniyatlari bilan). Sinov bir odamga bir marta beriladi: bitta qurilmadan yoki bitta shaxs tomonidan bir nechta hisob ochish taqiqlanadi, bunday hisoblar ogohlantirishsiz yopilishi mumkin.
- Mintaqadan tashqari (virtual) raqamlar bilan ochilgan hisoblarga sinov davri berilmasligi mumkin.
3. Tariflar va narxlar (so'mda)
- Ichki — 555 000 so'm oyiga: faqat davlat ichidagi (ichki) yuk e'lonlari, 2 ta qurilma, kuniga 200 ta telefon raqamini ochish.
- Pro — 799 000 so'm oyiga: 2 ta qurilma, kuniga 200 ta telefon raqamini ochish.
- Pro Max — 1 999 000 so'm oyiga: 10 ta qurilma, kuniga 1 000 ta telefon raqamini ochish.
- Muddat bonuslari: 3 oy to'lansa +1 oy, 6 oy — +2 oy, 8 oy — +4 oy sovg'a qilinadi. To'lov faqat tanlangan oylar uchun olinadi.
- Narxlar O'zbekiston so'mida ko'rsatiladi, QQS qo'llanilmaydi. Xizmat ko'rsatuvchi narxlarni o'zgartirishi mumkin; o'zgarish faqat yangi to'lovlarga taalluqli, to'langan davr o'zgarmaydi.
4. To'lov va faollashtirish
- To'lov Payme, Multicard (Rahmat Pay) va boshqa ulangan to'lov tizimlari orqali bank kartasi bilan amalga oshiriladi. Karta ma'lumotlari faqat to'lov tizimida qoladi, Platformada saqlanmaydi.
- Obuna to'lov tasdiqlangan zahoti avtomatik faollashadi va amaldagi obuna muddatiga qo'shiladi.
- Har bir to'lov uchun qonunchilikka muvofiq elektron chek (fiskal chek) shakllantiriladi.
5. Qaytarish tartibi
- Xizmat raqamli bo'lgani uchun obuna faollashgan va foydalanilganidan so'ng to'lov qaytarilmaydi.
- Agar to'lov o'tgan bo'lsa-yu, obuna Xizmat ko'rsatuvchining aybi bilan 24 soat ichida faollashmasa — to'lov to'liq qaytariladi yoki obuna qo'lda faollashtiriladi (foydalanuvchi tanloviga ko'ra).
- Qaytarish bo'yicha murojaat quyidagi kontaktlar orqali 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
6. Foydalanish qoidalari va cheklovlar
- Bir hisobdan faqat tarifda ko'rsatilgan miqdordagi qurilmalardan foydalanish mumkin; bir vaqtning o'zida bitta faol seans.
- Telefon raqamlarini ochish kunlik chegara bilan cheklanadi (tarifga qarab 200 yoki 1 000 ta).
- Taqiqlanadi: e'lonlarni dasturiy vositalar bilan avtomatik yig'ish (scraping), ma'lumotlar bazasini nusxalash yoki uchinchi shaxslarga sotish, hisobni boshqa shaxsga berish, bir nechta hisob ochish, Platformaga zarar yetkazuvchi harakatlar.
- Qoidabuzarlik aniqlansa hisob to'lov qaytarilmasdan bloklanishi mumkin.
7. Javobgarlik
- Platforma e'lonlarning to'g'riligi, dolzarbligi va bitimlarning bajarilishiga kafolat bermaydi; e'lon muallifi bilan munosabatlar foydalanuvchining o'z xavf-xataridan amalga oshiriladi.
- Texnik ishlar yoki uchinchi tomon (Telegram, WhatsApp, to'lov tizimlari, aloqa operatorlari) sababli vaqtinchalik uzilishlar uchun Xizmat ko'rsatuvchi javobgar emas; 24 soatdan ortiq uzilish bo'lsa obuna muddati shuncha vaqtga uzaytiriladi.
8. Shaxsiy ma'lumotlar
- Shaxsiy ma'lumotlar Maxfiylik siyosatiga (2021.uz/privacy) muvofiq qayta ishlanadi.
9. Yakuniy qoidalar
- Xizmat ko'rsatuvchi ofertani o'zgartirishi mumkin; yangi tahrir saytga joylangan kundan kuchga kiradi.
- Nizolar muzokara yo'li bilan, kelishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
Rekvizitlar
"AI LOGISTICS ERA" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT ("AI LOGISTICS ERA" MCHJ)
STIR / ИНН: 313354651
Toshkent sh., Yashnobod tumani, Tovkentepa MFY, Shohtepa 1-tor ko'chasi, 14-uy
Aloqa: WhatsApp +998 87 568 16 39 · Telegram @TheirCargo_bot · https://2021.uz